Asli kelib chiqishi O‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiyaning Forbes nashriga intervyu berdi. Unda tadbirkor O‘zbekistondagi roli, Shavkat Mirziyoyevga bo‘lgan munosabati va kelajakka oid rejalari haqida gapirdi.
«Bugungi kunda «Metalloinvest» o‘zbek metallurgiya kombinati bilan yangi bozor sifatida bog‘langan. Mendan O‘zbekistonda MISiS (Rossiya texnik universiteti, Rossiyadagi eng yetakchi texnologik OTMdan biri) filialini tashkil etish so‘ralganida, men o‘zimizda bo‘lgan tajribadan foydalanishni taklif qildim. Shu sababli ushbu loyiha bilan «Metalloinvest» ham shug‘ullandi. Bu boshqalarga nisbatan juda kichik loyiha. Biz MISiS’ga har doim yordam berganmiz va shaxsan o‘zim ham ko‘mak ko‘rsatganman.
O‘zbekistonga yangi xomashyo - issiq briketlar yetkazib beryapmiz. U yerda yaxshi kadrlar bo‘lishidan manfaatdormiz. Shunda ishlab chiqarish o‘sadi, bizning yetkazib berish hajmlar ham ortadi. Toshkentda yangi metallurgiya zavodi qurilmoqda. Olmaliqda rangli metallurgiya ham mavjud. Ularga mutaxassislar kerak - metallurglar, konchilar. Biz bu ishda ishtirok etishdan mamnunmiz. Birinchidan, men ona vatanimga yordam beryapman. Ikkinchidan, MISiS kadrlar tayyorlash geografiyasini kengaytirmoqda. Bu o‘zaro manfaatli.
O‘zbekistonlik yigitlarning Moskvada o‘qishi uchun, biz endaumentga ma'lum bir summani qo‘ydik. U yerda gap kichik mablag‘lar haqida ketmoqda, bu faqat boshlanishi - 100-200 million rubl. Men bu pullar O‘zbekistondan bo‘lgan talabalar uchun ishlatilishi uchun u yerga ancha jiddiy mablag‘larni ajratmoqchiman», - dedi A. Usmonov.
Manba: kun.uz