Yaponiyaga 100% grant yutish va ishlash


Yaponiyaning dunyodagi rivojlangan davlatlardan biri ekanligini (davlat byudjeti 4 trln AQSh dollari) yoki iqtisodiyoti bo‘yicha dunyoda 3 o‘rinda turishini bilamiz. 4000 dan ortiq yo‘nalishda xalqaro toifadagi mutaxassislarni tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari borligidan ham xabaringiz bo‘lsa kerak.

Xo‘sh, kunchiqar mamlakatda ta’lim olishni istovchilar faqat shu omillar sabab Yaponiyani tanlashadimi?

Bu tanlovda undan ham muhim ikki jihat bor. Birinchisi, nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda ingliz tilini yuqori darajada biluvchilar soni kundan-kunga ko‘payib borayotganligi. Bu jarayon — raqobat maydonida o‘z-o‘zidan bo‘lishi kerak bo‘lgan faktorga aylanyapti, degani. Demak, endi siz faqatgina ingliz tilini mukammal bilish bilan cheklanib, ko‘p marralarni zabt eta olmaysiz! Sababi, bugungi bozor iqtisodiyoti qo‘shimcha yana bir tilni bilishni taqozo etmoqda.

Ikkinchisi, Yaponiya ishchilar inqiroziga duch kelmoqda. Bugungi kunda u yerda 1 mlndan ortiq bo‘sh ish o‘rni bor. Bunga sabab ularda tug‘ilish sonining keskin pasayib ketganidir.

Biz sizga Yaponiyada ta’lim olish va ishlashning afzal tomonlarini aytib, vaqtingizni olmoqchi emasmiz. Har kim o‘z bilganicha, kimdir o‘qib, hunar o‘rganib, boshqa birov shunchaki o‘tkazayotgan karantin davrida kelajagingiz uchun manfaatli bo‘lgan bir ma’lumotni yetkazmoqchimiz!

“MFactor" loyihasining o‘tgan sonida karantinda yoshlarning nafaqat bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, balki kelajagi uchun muhim qadamlarni tashlashi uchun ham yaqindan yordam beruvchi yangi loyiha haqida xabar qilindi.

Xo‘sh, u qanday loyiha va yangiligi nimada?

6 yildan beri o‘zbekistonlik yoshlarni kunchiqar mamlakatda ta’lim olib, ishlab kelishlariga ko‘mak berayotgan “StudyTokyo" yapon tili maktabining “Just Grant" loyihasi bu yildan barcha harajatlari qoplab beriladigan grant asosida o‘qishni ham yo‘lga qo‘ymoqda. Shu paytgacha dastur asosida yoshlar faqat shartnoma asosida o‘qish uchun jo‘natilgan bo‘lsa, endi shartnoma tulashga sharoiti yo‘q, ammo bilimi va intilishi bor yoshlarga ham davlat granti asosida o‘qish va ishlash imkoniyati yaratildi.

Eng qizig‘i, siz bu loyihada qatnashish uchun yapon tilini mukammal bilmasligingiz kerak. Shunaqasi ham bo‘lar ekan?!

Demak, dasturga bir xil darajadagi qiziquvchilar qabul qilinadi va shu kundan boshlab ularga onlayn kurs hamda video darslar taqdim etiladi. Kimning sharoiti bo‘lmasa, unga kompyuter ham beriladi. Ikki oydan so‘ng, yaponiyaliklar tomonidan xuddi IELTSga o‘xshash imtihon olinadi. O‘sha imtihondan o‘tib, buyudjet yoki shartnoma asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritganlarga to ketgunlariga qadar yapon tili yanada mukammalroq o‘rgatiladi.

Grantni yutgach, yana til kurslarining nima keragi bor? Bunga sabab, agar talaba yapon tilini N3 darajada bilib borsa, ish uni emas, u ishni tanlaydi. Darvoqe, bu loyiha asosida o‘qishga ketganlar haftasiga 28 soat ishlash huquqiga ham ega bo‘ladilar! Talabalar Yaponiyada yuqori sifatli ta’lim olish barobarida soatiga kamida 10 $ maosh to‘laydigan ishga ham ega bo‘ladilar. Bu sarflagan barcha harajatlarni to‘lash va kelajagi uchun sarmoya yig‘ish imkonini ham beradi.

Dasturga qachon va qanday tartibda qabul bo‘ladi?

Viza olish masalalari qanday?

Ketishimga qanday kafolat bor?

Qaysi universitetni tanlasam ekan?

O‘qishdan tashqari nima ish qilaman?

Shu kabi savollar sizga tinchlik bermayotgan bo‘lsa, yaxshisi, loyiha rahbari, “StudyTokyo" yapon tili maktabi asoschisi Ibrohim Xurramov tomonidan o‘tkaziladigan BEPUL ONLAYN VEBINARLARDA ishtirok eting va shu savollarga shaxsan o‘zingiz javob oling!

Vebinarda ishtirok etish uchun linkni bosing: https://clck.ru/PXEBn

Darvoqe, suhbatning to‘liq variantini “Mfactor"ning YouTubedagi kanalida tomosha qilish mumkin buning uchun quyidagi linkni bosing: https://wep.wf/k5w3vw