O’zbekiston OTM lariga kira olmagan abituriyentlar Xitoyda grant asosida o‘qishlari mumkin!


O‘zbekistonning barcha hududlaridan 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan abituriyentlar hech qanday kirish imtihonlarisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoyning nufuzli universitetlariga grant asosida bakalavr darajasiga o‘qishga qabul qilinishlari mumkin!

Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan ta’lim grantlari ajratilgan yo‘nalishlar:

  • Xitoy tili va adabiyoti;
  • Iqtisodiyot;
  • Moliya menejmenti;
  • Biznes boshqaruvi;
  • Marketing;
  • Buxgalteriya;
  • Xalqaro savdo va iqtisodiyot;
  • Kompyuter texnologiyalari va dasturlash;
  • Farmatsevtika;
  • Dizaynerlik;
  • Arxitektura va shaharsozlik.

Xitoyda oliy ma’lumot olish nafaqat foydali, balki nufuzlidir.

Bugungi kunda Xitoyda ta’lim olish nufuzli va juda foydali hisoblanadi. Sababi, Xitoy so’nggi yillarda ta’lim tizimi va iqtisodiy jihatdan dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoriga kirib ulgurdi.

Shu sababdan, bugun Xitoyda ta’lim olayotgan millionlab dunyo yoshlarini uchratish mumkin. Endi sizda ham bu yoshlar qatorida bo’lib Chin yurtida oliy ma’lumot olish imkoniyati bor.

Dunyoning nufuzli universitetlari qatoriga kirgan ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatini yaratib berish esa InStudy.uz kompaniyasida mavjud!

Xitoyda “Chet tilini mukammal bilmasdan turib IELTS yoki HSK sertifikatlarisiz va buni ustiga hech qanday kirish imtihonlarisiz qanday qilib grant asosida xalqaro universitet talabasi bo‘lish mumkin?", — degan savol tug‘iladi kishida.


Xo‘sh, buning iloji bo‘lsa, bundan Xitoyga nima foyda?

Birinchidan, Xitoy Xalq Respublikasining asosiy maqsadlaridan biri bu Xitoy tilini jahon miqyosida keng tarqatish. Shuning uchun ham barcha birinchi kurs talabalaridan yil oxirida Xitoy tilini bilish darajasini aniqlovchi test (HSK) olinadi.

Ikkinchidan, diplom xalqaro bo‘lib, butun dunyoda amal qiladi va xohlagan talaba o‘z oliy ta’limini Markaziy Osiyodan tortib, Yevropa va Amerikada ham davom ettirishi mumkin!

Nima uchun aynan INSTUDY.UZ?

  • Hujjatlarni tayyorlash uchun atigi 1 kun vaqt sarflanadi;
  • Barcha xizmatlar qonun doirasida shartnoma asosida ko‘rsatiladi;
  • Viza uchun hujjatlarni malakali mutaxassislar tayyorlaydi;
  • Xitoyda kutib olish va universitetga joylashtirish kompaniya zimmasida;
  • Ota-onalar talablariga binoan o‘quvchining darsga qatnovi va baholari ma’lumotlarini yetkazib beramiz.

Talabalar qayerda yashashadi?

Universitet hududida xorijlik talabalar uchun maxsus yotoqxonalar tashkil etilgan bo‘lib, asosan 2—4 kishilik xonalardan iborat. Har bir xonada alohida yuvinish xonasi, har bir qavatda esa oshxona va kir yuvish xonasi mavjud.

Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan 70 foizdan 100 foizgacha grantga ega bo‘lish talablari:

  • Bakalavr darajasiga qabul 17 yoshdan 25 yoshgacha;
  • Magistr darajasiga qabul 35 yoshgacha;
  • Xitoy tili kurslariga qabul 30 yoshgacha

Hujjatlar 31 avgustgacha qabul qilinadi, o‘qish esa shu yil oktabr oyidan boshlanadi!

Murojaat uchun telefonlar:

+998 90 325 91 21

+998 99 804 17 37

Shoshiling! Biz bilan bog‘lanib hujjatlar va talablar haqida ma’lumotga ega bo‘ling!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram @instudyuz

Instagram instudyuz