To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat


Abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat

Davlat komissiyasining 2-son bayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birga majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq), metamatika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovi orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga bir ish kuni ichida tegishli to‘lovni amalga oshirishga ruxsat berildi.

Bunda mazkur toifadagi abituriyentlar 28-iyul kuni 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

To‘lov muddati faqat ijodiy imtihoni bor yo‘nalishga topshirganlar uchun uzaytirildi. 5 ta fandan test topshiriladigan yo‘nalishlarga ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirishga ulgurmaganlar uchun to‘lov muddati uzaytirilmadi. Demak, ular testga kiritilmaydi.