Tokio tibbiyot universiteti 20 yil talaba qizlarning bahosini ongli ravishda pasaytirib kelgan


«Rakurs» xabar berishicha, Tokio tibbiyot va stomatologiya universitetida 20 yil davomida talaba qizlarning bahosi atayin past qo‘yib kelingan. Yigitlarga esa aksincha, baholar yuqorilatib qo‘yilgan.

Testning birinchi bosqichida qizlardan 20 ball olib tashlanib, talaba yigitlarga 20 balldan qo‘shib berilgan. Yigirma yil davom etib kelgan bu firibgarlik yaqinda universitetda poraxo‘rlik jinoyatlariga qarshi olib borilgan surishtiruv davomida yuzaga chiqdi.

Yaponiya universitetlari TOP-20»ligiga kiruvchi Tokio tibbiyot va stomatologiya universiteti mamlakat xalqidan kechirim so‘radi.

G‘alati amaliyot sirini esa universitet rahbariyati shunday izohladi: «Ayollar bola tarbiyasini deb ko‘pincha ishdan bo‘shab ketishadi. Shuning uchun ham biz vrachlar ko‘proq erkaklardan chiqishini istaganmiz va shunga harakat qilganmiz».

Manba: xabar.uz