Samarqandda yana bir institut tashkil etiladi va Buxoroda filiali ochiladi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 avgustdagi 485-son qarori bilan Yaxyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va uning Buxoro filiali faoliyati tashkil etildi hamda Fanlar akademiyasidan Madaniy meros agentligi tuzilmasiga o‘tkazildi.

Institutning vazifalari:

- Qadimgi tosh asridan boshlab rivojlangan o‘rta asrlarni o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyoning moddiy va ma’naviy madaniyati tarixini o‘rganish borasida fundamental tadqiqotlar olib boorish;

- Tadqiq etiladigan davrlar madaniyatlari xronologiyasini va davrlashtirilishini ishlab chiqish;

- O‘zbekiston hududining ibtidoiy odamlar tomonidan o‘zlashtirilishini, sivilizatsiyaning shakllantirilishini, ilk shaharlar davlatchilik, qadimgi jamiyatlar dunyoqarashini, jahon dinlari paydo bo‘lishini va rivojlanishini, savdo-sotiq munosabatlari va «Buyuk ipak yo‘li» tarixini o‘rganish;

- Hunarmandchilik, metallurgiya va kon ishi, arxeologik yodgorliklarni aniqlash, arxeologik tadqiqotlar olib borish, xaritaga tushirish va ilmiy muomilaga kiritish;

- Respublika hududidagi noyob arxeologik yodgorliklarni ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;

- Arxeologik topilmalarni ta’mirlash uslubi va qadimiy texnologik usullarni tiklash hamda ushbu yo‘nalishda vakolatli organ tomonidan berilgan tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan arxeologiya tadqiqotlarini jalb qilish;

- Arxeologiya sohasida ilmiy kadrlar tayyorlash, Institutning ilmiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, jahon ilm-fani yutuqlarini o‘rganish, ulardan foydalanishni hamda mahalliy va xalqaro miqyosda qo‘shma tadqiqotlar tashkil etishdan iborat.