Kasbiy va oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan ayrim talabalar uchun kontrakt xarajatining bir qismini qoplab berish tartibi joriy etildi.
Kimlar subsidiya oladi
Subsidiya quyidagi talabalarga beriladi:
-
“Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lsa
-
14–30 yosh oralig‘ida bo‘lsa
-
kunduzgi ta’limda to‘lov-kontrakt asosida o‘qisa
Subsidiya miqdori
Talabaga:
-
kontrakt summasining 50 foizigacha
-
lekin BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratilishi mumkin
Qaysi ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi
Bu tartib quyidagi joylarda kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun amal qiladi:
-
davlat oliy ta’lim tashkilotlari
-
nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari
-
kasbiy ta’lim tashkilotlari
-
O‘zbekiston hududidagi xorijiy OTMlar va ularning filiallari
-
bakalavriat va magistratura bosqichlari
Qanday tartibda ajratiladi
-
Arizalar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi
-
subsidiya ajratish bo‘yicha qarorni “Mahalla yettiligi” qabul qiladi
-
mablag‘lar talaba bilan tuziladigan ijtimoiy shartnoma asosida
-
ta’lim muassasasining bank hisobiga o‘tkaziladi
-
Subsidiya olgan talabaning majburiyatlari
Ijtimoiy yordam olgan talaba quyidagilarni bajarishi kerak:
-
o‘quv semestrida o‘rtacha o‘zlashtirish kamida “4” bo‘lishi
-
volontyorlik loyihalarida ishtirok etish
-
6 oy davomida “Mutolaa” loyihasida har oy kamida 1 ta kitob o‘qish
-
6 oy davomida “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tilni kamida B1 darajada o‘zlashtirish
Arizalar qachon qabul qilinadi
-
Arizalar yil davomida qabul qilinadi
-
lekin iyul–sentabr oylarida qabul qilinmaydi
Kimlarga tatbiq etilmaydi
Bu tartib quyidagilarga amal qilmaydi:
-
masofaviy ta’lim
-
sirtqi ta’lim
-
kechki ta’lim
-
ikkinchi mutaxassislik
-
tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qiyotganlar