O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklashni rad etilishiga sabablar (5-qism)


5-sabab

Oliy taʼlim muassasasida mos (turdosh) taʼlim yo‘nalishi (mutaxassisligi) yoki taʼlim shakli mavjud bo‘lmasa - buni ikki xil ko‘rinishda tushuntiramiz:

1) Siz xorijda qaysidir taʼlim yo‘nalishida tahsil olyapsiz va O‘zbekistonga o‘qishingizni ko‘chirmoqchisiz. Yoz oyida o‘qishni ko‘chirish ariza yozmoqchisiz, biroq siz o‘qiyotgan taʼlim yo‘nalishini O‘zbekistonda joylashgan OTMlarning birortasida mavjud emas, hatto siz o‘qiyotgan taʼlim yo‘nalishini mos yoki turdosh (yo‘nalishingizga yaqinroq) taʼlim yo‘nalishining o‘zi mavjud emas. Mana shunday hollarda o‘qishingizni ko‘chira olmasligingiz mumkin, chunki mavjud bo‘lmagan taʼlim yo‘nalishiga o‘qishni ko‘chirishni mantiqan imkoniyati yo‘q. Bundan taʼlim yo‘nalishlari asosan neft, yerosti konlari bilan bog‘liq taʼlim yo‘nalishlarida ko‘p uchraydi.

Sizda bir imkon mavjudki, agarda kunduzgi taʼlimda tahsil olayotgan bo‘lsangiz turdosh bo‘lmagan boshqa yo‘nalishga ariza topshirishingiz mumkin.

2) O‘zbekistonda qaysidir OTMda tahsil olyapsiz, o‘qishingizni boshqa OTMga ko‘chirmoqchisiz yoki siz bir necha yil avval akademik taʼtil olgansiz va o‘qishingizni tiklamoqchisiz. Lekin siz o‘qishingizni ko‘chirmoqchi (tiklamoqchi) bo‘lgan taʼlim muassasasi hozirgi kunda yopilib ketgan, hatto unga mos (turdosh) taʼlim yo‘nalishi ham mavjud emas. Mana shunday hollarda o‘qishingizni ko‘chirish (tiklash)ni rad etilishi mumkin.

Biroq, bu kamdan-kam hollarda bo‘ladi, chunki albatta taʼlim yo‘nalishi mos (yoki turdosh) taʼlim yo‘nalishi topiladi.

Bundan tashqari taʼlim shakli ham xuddi shunday tartibda tushuniladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom.