Oliy ta'lim muassasalarida o'qish qachondan boshlanadi?


Oliy ta'lim muassasalarida 10-yanvardan qishki ta'til muddati 24-yanvargacha uzaytirilgani va so‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sabab ko‘pchilik talabalarda «O‘qish qachondan boshlanadi?» degan savol paydo bo‘ldi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligidan bugun olgan ma'lumotimizga ko‘ra, avval xabar berilgan — 24-yanvardan oliy ta'lim muassasalarida an'anaviy tarzda darslar boshlanishi haqidagi rasmiy ma'lumotda hozircha hech qanday o‘zgarish yo‘q.

Koronavirus sabab dars jarayonlari onlaynga o‘tishiga faqatgina Maxsus komissiya qaror qiladi. Hozircha Maxsus komissiya ham tinch. Demak, agar 24-yanvargacha hech qanday yangilik bo‘lmasa, barcha oliy ta'lim muassasalarida 24-yanvardan an'anaviy tarzda darslar boshlanadi.