Oliy diniy taʼlim muassasalarida qabul imtihonlarini o‘tkazish sanalari belgilandi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy diniy taʼlim muassasalarida 2021-2022 o‘quv yili bo‘yicha qabul imtihonlari ijodiy imtihon va test sinovi shaklida o‘tkazilishi belgilangan.

Hadis ilmi maktabi

1. 2021 yil 23 iyul - Hadis va mustalah al-hadis (ijodiy imtihon);

- Arab tili (ijodiy imtihon);

Imtihon joyi: Hadis ilmi maktabi binosi orqa hovli qismida o‘tkaziladi.

2. 2021 yil 24 iyul - O‘zbekiston tarixi (test sinovi);

Imtihon joyi: Hadis ilmi maktabi binosi orqa hovli qismi.

3. 2021 yil 25 iyul Mandat hayʼati.


Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti

1. 2021 yil 28 iyul - Arab tili (ijodiy imtihon);

Imtihon joyi: Toshkent islom instituti binosi ayvon qismi.

2. 2021 yil 29 iyul - Fiqh va aqoid (test sinovi);

- O‘zbekiston tarixi (test sinovi);

Imtihon joyi: Hazrati imom majmuasi ochiq maydon qismi.

2021 yil 30 iyul Mandat hayʼati.


Mir Arab oliy madrasasi

1. 2021 yil 2 avgust - Arab tili (ijodiy imtihon);

Imtihon joyi: Mir Arab oliy madrasasi binosi ayvon qismi;

2. 2021 yil 3 avgust - Fiqh va aqoid (test sinovi);

- O‘zbekiston tarixi (test sinovi);

Imtihon joyi: Mir Arab oliy madrasasi binosi ayvon qismi.

3. 2021 yil 4 avgust Mandat hayʼati.