Magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul uchun ruxsat berildi


O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga 2021/2022-o‘quv yili magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarni tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan to‘lov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qatʼiy amal qilgan holda qo‘shimcha qabul qilishga ruxsat berildi.

Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar tegishli oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga 2021 yil 9 noyabrdan murojaat qilishlari mumkin.

To‘lov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati 2021 yil 20 noyabr.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22 iyundagi PQ–5157-son qaroriga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul to‘lov-kontrakt miqdori bir talabaning o‘qishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi.