Bugungi kunda ko‘pchilik talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o‘qishini bir oliy taʼlim muassasasidan boshqa oliy taʼlim muassasasiga ko‘chirayotgan talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatini uzaytirish bo‘yicha vazirlik tomonidan tegishli takliflar tayyorlandi va to‘lov muddati uzaytirilishi kutilmoqda.
Maʼlumot o‘rnida, Davlat komissiyasining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan respublikamizdagi davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 2021 yilning 20 noyabr sanasi etib belgilangan edi.