Sirtqi va kechki ta’lim oluvchilarga ham chegirma beriladi


Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga ham 10 foiz chegirma beriladi.

Ko‘pchilik talabalar va ularning ota-onalari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining murojaatlaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi yoki kechki ta’lim shakli bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan hamda 2021 yil 1 noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi.