Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (sobiq Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) 1955 yilda tashkil topgan. 2002 yil 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-3080 Farmoniga binoan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirildi. 2005 yil 2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-91 sonli Qaroriga TATUning Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida mintaqaviy filiallar tashkil etilgan. 

2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-2834 sonli Qaroriga asosan Universitetga Muhammad al-Xorazmiy nomi berilgan.

Universitet va uning mintaqaviy filiallari tarkibida 13ta fakultet, 62 ta kafedra mavjud bo‘lib, ta’limning 23 yo‘nalishi bo‘yicha, jumladan bakalavriatning 8 yangi yo‘nalishi va magistraturaning 9 yangi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni tayyorlanadi. 


Kompyuter injiringi fakulteti 

Kompyuter injiniringi fakulteti 2013 yil 26 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-1942 “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori asosida “Axborot texnologiyalari" fakulteti negizida tashkil topgan. Xozirgi kunda fakultetda 80 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi.

Fakultetda 5330500 – “Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi", “AT-servisi", “Axborot xavfsizligi", “Multimedia texnologiyalari")" yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatura va 5A33501 – “Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash", “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash", “Axborot va multimedia texnologiyalari", “Axborot xavfsizligi, kriptografiya va kriptoanaliz")" xamda 5A330502 – “Elektron xukumat tizimini boshqarish" mutaxasisliklari bo‘yicha magistratura talabalari tahsil olishadi.

Dasturiy injiniring fakulteti

“Dasturiy injiniring" fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2013 yil 26 martdagi PQ-1942 “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini kelgusida takomillashtirish bo‘yicha chora tadbirlar haqida"gi qaroriga asosan tashkil etilgan.

Fakultetda bakalavriatura va magistratura bo‘yicha kompyuter va mobil qurilmalar uchun dasturiy ta’minotlarni boshqarish va ularni yaratish bo‘yicha kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, axborotlarni yig’ish, ishlov berish va uzatish, kompyuter va telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ma’lumotlar bazasini boshqarish dasturlarini yaratuvchi mutaxassislar tayyorlanadi.

Axborot xavfsizligi fakulteti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2016 yil 25 yanvardagi yig‘ilishining 5-son bayoni bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil I yarim yilligi ish rejasining 10-bandiga muvofiq belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida, hamda vazirlik tomonidan TATUda “Axborot xavfsizligi" fakulteti va fakultet qoshidagi mutaxassislik kafedralarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish yuzasidan, shuningdek, TATUda “Axborot xavfsizligi" fakultetini tashkil etish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyasi xavfsizligi masalalari bo‘yicha Texnik kengashning majlisining 2016 yil 18 iyuldagi 3-son bayonini va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2016 yil 29 avgustdagi 1(661)-son Kengashining universitet tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish masalasi bo‘yicha Qarori asosida “Kompyuter injiniringi" fakulteti tarkibidagi “Axborot xavfsizligi" kafedrasi “Axborot xavfsizligi" fakulteti tarkibiga o‘tkazildi, hamda uning negizida “Axborot xavfsizligini ta’minlash" va “Kriptologiya va diskret matematika" kafedralari tashkil etildi.

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti

Telefon-telegraf aloqa fakulteti 1955-yilda institutda tashkil etilgan birinchi fakultet bo`lgan. Keyinchalik bir necha bor qayta nomlanib, hozirda telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti deb ataladi.

"Telekommunikatsiya" fakulteti mutaxassislar tayyorlashni (ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha) ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiradi. Fakultet ta’lim, fan va ishlab chiqarish intergatsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik soha korxonalari (TShShT, ToshTTS, UzNET) qoshida fakultet kafedralarining filiallari ochilgan.

Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti oliy ta’lim muassasasi TATUning o‘quv-ilmiy va ma’muriy bo‘linmasi hisoblanib, kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borishni ta’minlash, shuningdek fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi.


Televizion texnologiyalar fakulteti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samardorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi №PP-1088 01.04.2009 yil va №PP-1123 04.06.2009 yilgi qarorlari asosida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi “Televizion texnologiyalar" fakulteti tashkil etildi. Mazkur qarorlar asosida fakultetda 2009 yildan boshlab televizion texnologiyalar sohasida Respublika Milliy teleradiokompaniya korxonalari uchun keng ixtisosli mutaxassislarni tayyorlash maqsadida maxsus sirtqi bo‘lim tashkil etildi.

Mahsus sirtqi bo‘limiga abiturientlar quyidagi hujjatlar asosida qabul qilinadilar: o‘rta-mahsus ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat bilan qabul qilinadi; tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan; O‘zbekison Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi raisidan tavsiyanoma.

Radio va mobil aloqa fakulteti

Fakultet mobil, sun'iy yo‘ldoshli, radioreleli aloqa tizimlari va tarmoqlari bo‘yicha, radioeshittirish, raqamli televideniye tizimlari va tarmoqlarini loyihalashtirish hamda foydalanish uchun mutaxassislarni tayyorlaydi.

Iqtisodiyot va menejment fakulteti

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1996 yil 20 maydagi 175-sonli buyrug’iga asosan muhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil etildi.

Toshkent Elektrotexnika aloqa institutiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi berilishi munosabati bilan 2003 yil 1 fevraldan “Iqtisod va boshqaruv" fakulteti deb o‘zgartirildi. 2013 yildan boshlab esa “AKT sohasida iqtisodiyot va manejment" fakultetiga o‘zgartirildi.

Fakultet bitiruvchilari aloqa sohasi rejalashtirish-iqtisodiy bo‘limlarida, ishlab chiqarish-texnik xizmatlarida, aksiyadorlik va xususiy korxonalarda, loyihalashtirish tashkilotlari va ijtimoiy sohada, shuningdek pochta aloqasi sohasida faoliyat yuritadilar.

AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti

Fakultet oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar hamda o‘rta maktablarda informatika va axborot texnologiyalarini sohasi fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagog kadlarni tayyorlaydi.