Maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til vaqti e’lon qilindi


Maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabrga to‘g‘ri kelib, 28- dekabr kuni qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Ta’til 14 kalendar kun, ya’ni 2023-yil 10-yanvargacha davom etadi.

III chorak 2023-yilning 11-yanvaridan boshlanadi.