Ta’til 10 yanvargacha davom etadi va bu kun ham dam olish kuniga kiradi. Talabalar uchun yo‘l chiptalari 50 foiz chegirma bilan sotiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi joriy o‘quv yili uchun qishki ta’til muddatini tasdiqladi. Bu tartib oliy, o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylarga tatbiq etiladi.
Qishki ta’til 2025 yil 28 dekabrdan 2026 yil 10 yanvarigacha amal qiladi.
Talabalar o‘z yashash hududlariga bemalol borib-kelishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. Bu jarayonga Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” va “Uzbekistan Airways” hamkorlik qiladi.
2025 yil 18 dekabrdan 2026 yil 12 yanvarigacha talaba va o‘quvchilar yo‘l chiptalarini 50 foiz chegirma bilan xarid qilishi mumkin.