Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi


2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi"ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi"ni my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqaminiki kiritgan holda olishlari mumkin.

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud.

Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish mumkin bo‘lgan botlar:

  • @mandat2021bot;
  • @mandat2021_1_bot;
  • @mandat2021_2_bot;
  • @mandat2021_3_bot;
  • @mandat2021_4_bot.

Test sinovlari 5-avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 4-avgust sanasiga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport (ID-karta) bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.