5ta universitet huzurida Pedagogika instituti tashkil etildi


Prezidentning “Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, hujjat bilan respublikadagi 5ta universitet qoshida Pedagogika institutlari tashkil etildi.  

Jumladan, hududlarda pedagogik ta'lim infratuzilmasini yaxshilash, ta'lim sohasi uchun mutaxassis tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish maqsadida quyidagi pedagogika institutlari tashkil etildi:

Samarqand davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti;

Andijon davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti;

Buxoro davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti;

Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali va Termiz davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti;

Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali va Qarshi davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti.