Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga qabul boshlandi!


Aziz abituriyentlar va ota-onalar!

Sizlarga mamnuniyat bilan shuni ma'lum qilamizki, Toshkentdagi Turin Politexnika universitetiga 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul boshlandi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti nodavlat notijorat tashkilot sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, “O‘zavtosanoat", Italiyaning Turin Politexnika universiteti hamda boshqa manfaatdor biznes-assotsiatsiyalar hamkorligida tashkil etilgan.

Ta'lim jarayoni Italiyaning Turin politexnika universiteti tomonidan qabul qilingan ta'lim dasturlariga, oliy ta'limning xalqaro sifatiga mos keluvchi talablariga, O‘zbekiston Respublikasining davlat ta'lim standartlariga muvofiq olib boriladi. Universitet o‘z oldiga qo‘ygan asosiy vazifalardan biri – ishlab chiqarish va xo‘jalik obektlarini loyihalash hamda qurishga ixtisoslashgan tashkilot va korxonalar uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab berishdir. Universitet talabalari hamda professor- o‘qituvchilari bir necha yillardan beri xalqaro tashkilotlarning turli dasturlarida faol ishtirok etib, har yili Italiya, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarga almashinuv dasturi orqali borib o‘z malakalarini oshirib qaytmokdalar. Bundan tashqari, talabalar Yevropaning dunyoga tanilgan yirik korxona va tashkilotlarida amaliyot o‘tamoqdalar.


Abituriyentlarni qabul qilish va universitet bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni Italiyaning Turin Politexnika universiteti tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.



Shoshiling! Dunyo bo‘ylab 120 dan ortiq davlatlar tan olgan diplomga ega bo‘ling! Bitiruvchilarga Italiyaning Turin politexnika universiteti diplomi beriladi va ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan qonunchilik normalariga mos keladigan oliy ta'lim haqidagi hujjat sifatida tan olinadi.




Kirish imtihonlarida yuqori ball olgan abituriyentlar o‘rnatilgan imtiyoz asosida ikkinchi kursdan qabul qilinish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Buning uchun abituriyent yetarli til ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi. Abituriyent bu imkoniyatni rad etishi va ta'limni birinchi kursdan davom ettirishi mumkin.


2019/2020 o‘quv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bakalavriat bosqichining har bir yo‘nalishi uchun belgilangan qabul kvotasi quyidagicha taqsimlanadi:


2020/2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:


Birinchi imtihon 22 MAY kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da bo‘lib o‘tadi (ro‘yxatdan o‘tish oxirgi muddati - 18 may, nomzodlar maksimal soni – 200 kishi). Ushbu imtihon onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi, shuning uchun har bir nomzod kompyuter/noutbuk va videokameraga ega bo‘lishi kerak;

Ikkinchi imtihon (nomzodlar soni cheklanmagan) iyul oyining boshida bo‘lib o‘tadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e'lon qilinadi).   

Onlayn anketa to‘ldirish: www.polito.uz —->>>


https://didattica.polito.it/pls/portal30/sviluppo.pkg_apply.login?p_lang=EN

Nomzodlar 1-bosqichdan o‘tishlari shart bo‘lib, ushbu bosqichni amalga oshirmay 2-bosqichga o‘ta olmaydilar!


2-bosqich – kirish imtihonlari jarayonining shaffofligini ta'minlash uchun, karantin paytida, 1-bosqichni tugatgandan so‘ng, ariza beruvchi (abituriyent) pasportining elektron nusxasini quyidagi manzilga yuborishi lozim: admission@polito.uz.


Barcha fanlar bo‘yicha testlar ingliz tilida o‘tkaziladi!


2019/2020 o‘quv yili kirish imtihonlaridan o‘tgan abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat!


COVID-19 pandemiyasi sabab, bu yilgi qabul jarayoni o‘z vaqtida boshlanmadi va odatiy o‘rnatilgan tartibda bo‘lib o‘tmayapti.


Ushbu vaziatni hisobga olgan holda, o‘tgan 2019/2020 o‘quv yili kirish imtihonida, abituriyent tomonidan to‘plangan ball bu yil uchun ham haqiqiy deb hisoblanadi va ushbu abituriyentlar Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga 2020/2021 o‘quv yilida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi!


Bir akademik yil Toshkentdagi Turin politexnika universitetida ta'lim olish uchun to‘lov miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so‘mni tashkil etadi.


Zarur hujjatlar, imtihonlar tartibi va boshqa ma'lumotlar haqida batafsil: www.polito.uz saytida.


Telefon raqamlari: 71 246-63-48, 71 246-80-52