“Ipak yoʻli” xalqaro turizm universitetiga qabul boshlandi
25 sentyabr kuni “Ipak yoʻli" xalqaro turizm universitetiga qabul boshlanishi munosabati bilan Samarqand davlat universitetida tadbir tashkil etildi.
Qoʻqonda texnika universitetining filiali ochildi
24 sentyabr kuni Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Qoʻqon shahar hokimligi xabar berdi.
Olmaliqda “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filiali o‘z faoliyatini boshladi
Olmaliq shahrida Rossiyaning “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS" filiali o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur ta’lim dargohida respublikaning ishlab chiqarish-sanoat tarmog‘i uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlanadi.
Adliya vazirligi: Oliy ta’lim muassasalari reytingini tuzishda noaniqlik va oshkorasizlik bo‘lgan
Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan respublikamizdagi 57 ta oliy ta’lim muassasalari reytingi nashr etildi.
O‘zbekistonda abituriyentlar bir nechta OTMga hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi, qabul kvotalari bekor qilinadi
O‘zbekiston prezidenti oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish uchun kvotalar belgilamaydi
Xushxabar: respublikadagi yana 9ta OTMga qo‘shimcha kvotalar berildi
O‘zbekistondagi 9ta oliy ta’lim muassasasida 2018/2019 o‘quv yilgi o‘qish uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi.
Ikkinchi mutaxassislikka o'qiyotgan talabalar oʻqishni sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazishlari mumkin
Ikkinchi oliy taʼlim boʻyicha bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida 3 va 4-kurslarda taʼlim olayotgan talabalarga oʻqishni sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazishga ruxsat berildi.
Yoshlar ijod saroyida “Ta’lim va mutaxassislik” xalqaro ko‘rgazmasi bo'lib o'tmoqda
“Ta’lim va mutaxassislik" xalqaro ko‘rgazmasi mamlakatimizdagi hamda dunyodagi etakchi ta’lim muassasalarida mavjud bo‘lgan kasb va mutaxassislik yo‘nalishlari bilan yoshlarni tanishtirish, kasb tanlashga ko‘maklashish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida yoshlarga ma’lumotlar berish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida bir necha yillardan buyon tashkil etib kelinmoqda.
Farg‘ona politexnika institutida Belgorod davlat texnologiya universiteti bilan qo‘shma fakultet ochildi
Farg‘ona politexnika institutida Vladimir Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlikda texnologik jihozlar va komplekslar qo‘shma fakulteti ochildi
Olimpiya sport turlari bo‘yicha maktab-internatlarga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi qanday?
Maktab-internatga har yili umumta`lim maktabining 4-sinfini tamomlaganligi to‘g‘risida baholar (o‘zlashtirish) tabeliga ega bo‘lgan, sog‘lig‘i jihatidan o‘qishga yaroqli deb topilgan, sportga qobiliyati eng iqtidorli, olimpiya va milliy sport turlari, shu jumladan sportning o‘yin turlari (sportning futbol turidan tashqari) bo‘yicha sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlov natija