«Superkontrakt» narxi qanday hisoblanadi?
Super-kontrakt narxi minimum qancha bo‘lishini istalgan inson o‘zi mustaqil hisoblab olishi mumkin, buning uchun yetarli barcha ma’lumotlar e’lon qilingan. Faqat ozgina hafsala kerak xolos.
Talabalar diqqatiga! Motivatsion maktub (xat) qanday yoziladi?
Motivatsion xati – turli dasturlar, anjuman va forumlar, grant, stipendiya hamda shu kabilarga so‘raladigan eng muhim hujjatlardan biri. Avvalo, shuni aytish o‘rinliki, motivatsion xat rezyumengizning aynan «takror» varianti bo‘lib qolmasligi kerak. Yozishni so‘nggi kunga tashlab qo‘ymang. Motivatsion xat yozishni imkon qadar oldinroq va tezroq boshlaganingiz maqsadga muvofiq.
Yevropaning to‘rt mamlakatida tahsil olgan o‘zbek: «Men albatta O‘zbekistonga qaytaman»
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali chet elda tahsil olayotgan, ishlayotgan va ilmiy izlanishlar qilayotgan hamyurtlarimiz bilan yaqindan muloqot olib borish maqsadida «Xorijdagi vatandoshlar» loyihasini amalga oshirmoqda.
Chimkentda o‘zbekistonlik talabalar mahalliy yoshlar tomonidan kaltaklanayotgani xabar qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chimkentdagi Akademik-innovatsion universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar mahalliy aholining tazyiqiga uchrayotgani haqida murojaat paydo bo‘lgandi. Ushbu xabarlar yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti bayonot berdi.
Davlat stipendiyalariga necha nafar talaba sazovor bo‘lgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyasining bayoni bilan 2019-2020 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tayinlandi
10- va 11-sinf o‘quvchilariga fanlarni mustaqil tanlash imkoniyati berilishi mumkin
Cambridge Assessment International Education kompaniyasining yetakchi mutaxassislari Stiv King va Dominik Sleyd Britaniya Kengashi loyihasi doirasida xalq ta'limi tizimini tahlil qildi. Olingan ma'lumotlarga asoslanib, maktabda ta'limni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
O‘zbekistonda Xalqaro ta'lim instituti tashkil etiladi
Mamlakatda Xalqaro ta'lim instituti tashkil etiladi. Bu haqda 2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida aytilgan.
Xalq ta'limi vazirligi akademiyasi paydo bo‘ladi
O‘zbekistonda xalq ta'limi vazirligi akademiyasini tashkil etiladi.
Oliy ta'lim: bakalavriat optimallashtiriladi, yangi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura tashkil etiladi
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari mavjud vazirliklar va idoralar rahbarlari 2020 yil 1 yanvarga qadar bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalaridagi fanlar soni va hajmini xalqaro tajribalardan kelib chiqib, optimallashtirish choralarini ko‘radi.
«Ta'lim tizimidagi poraxo‘rliklarga qachon barham beriladi?»
Bugungi kunda mamlakatda davlat rahbarining bevosita rahbarligi va tashabbusi asosida barcha sohada uzoqni ko‘zlagan holda islohotlar amalga oshirilmoqda.