Ma’lumot uchun, Adliya vazirligining respublikadagi 14 ta yuridik texnikumlari mavjud. Ularda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
- davlat huquqiy faoliyat;
- yuridik xizmat;
- sud-huquqiy faoliyat.
O‘qishga kirish uchun hujjatlar Bilimni baxolash agentligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
Abituriyentlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Yuridik texnikumlar bitiruvchilari notarius yordamchisi, FHDYO bo‘limi inspektori, Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari, sudya yordamchisi va davlat ijrochisi kabi 89 ta mutaxassislikda ishlashlari mumkin bo‘ladi
O‘qish muddati 2 yil.