Yoshlar Ittifoqi askarlarni o'qishga tavsiya qiladi


17 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar siyosatiga oid yana bir qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma`lumot beradi.

Yangi imzolangan qarorga ko‘ra, har bir harbiy qismda yoshlar himoyachi — boshlang‘ich tashkilot yetakchisi saylanadi hamda harbiylar tashkilot tavsiyasi bilan uy-joy bilan ta`minlanadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar Ittifoq tavsiyasi bilan oliy ta`lim muassasasiga imtihonsiz, grant asosida o‘qishga kiradi.

Ittifoq tavsiyasi bilan Temurbeklar maktabi bitiruvchilari Qurolli kuchlar tizimidagi oliy ta`lim muassasasiga grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Yoshlar ittifoqiga faollariga oliy ta`lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilinishi haqida xabar berilgandi.


Manba: kun.uz