Yangi o‘quv yilidan boshlab ishga kirish uchun sertifikat majburiy bo‘ladi


Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga asosan, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab davlat taʼlim muassasalarining xorijiy tillar oʻqituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi belgilangan edi.

Oʻtgan yili maktablarda xorijiy tillarni oʻqitish jarayoni davomiyligini taʼminlash maqsadida Hukumat tomonidan B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan cheti tili fani oʻqituvchilarini ishga qabul qilinmaslik xususidagi talab 2023/2024-oʻquv yilidan kuchga kirishi yuzasidan topshiriq berilgan edi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar oʻqituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat talab qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, 2024/2025-oʻquv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani oʻqituvchisi B2 darajadagi sertifikatga ega boʻlishi talab etiladi.