“Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilganligi haqida xabar berilgan edi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida xorijiy tillar oʻqituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor yoki amalda faoliyat yuritayotgan pedagoglar 3-bobda keltirilgan xorijiy tilni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega boʻlishi lozim.
Ushbu mezon oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlariga nisbatan tadbiq etilmaydi.
- 2024-yil 29-iyuldan keyin olingan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari xorijiy tillar oʻqituvchilarini taʼlim tashkilotlariga ishga qabul qilishda inobatga olinmaydi;
- umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hindiy) tili yoki Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan kamida B+ (avvalgi tizimda 80 ball yoki undan yuqori) darajadagi umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikatga ega fan oʻqituvchilariga (boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari bundan mustasno) sertifikatning amal qilish davrida navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal ball beriladi hamda ular ushbu oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan ozod etiladi.
- TOEFL iBT sertifikatining gapirish koʻnikmasida minimal ball boʻlishi talab qilinadi;
- umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda toʻlanadi.
Bunda taqdim etilgan malaka koʻnikmasi va til bilish sertifikatlari olingan vaqt oraligʻi 1 yildan oshmasligi lozim.