Imtihonlardan yetarli ball ololmay qolgan talabalar o‘z xohishlariga ko‘ra, super-kontrakt asosida o‘qishlari mumkin. Uning miqdorini quyidagicha hisoblashingiz mumkin.
- Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to‘laydi;
- Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to‘laydi;
- Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to‘laydi;
- Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to‘laydi;
Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to‘plagan bo‘lsa tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorini to‘laydi. Bu miqdor yo‘nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi
Agar talaba 56.6 va undan kam ball to‘plaganlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to‘laydi. Ya’ni super kontrakt 10 barobar bo‘lsa, 56.6dan kam to‘plaganlar 20 barobar to‘laydi.