Farg‘onada 3-sinf o‘quvchisi ingliz tilidan B2 darajani qo‘lga kiritdi


Farg‘onada 9 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi

Farg‘ona viloyatida 9 yoshli o‘quvchi Multilevel imtihonida ingliz tilidan B2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Sertifikat sohibi — Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanidagi 24-maktabning 3-sinf o‘quvchisi Shavkatjon Ne’matjonov.

U chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi bo‘limlarida quyidagi natijalarni qayd etdi:

  • Listening (tinglab tushunish): 72

  • Reading (o‘qish): 60

  • Writing (yozish): 48

  • Speaking (gapirish): 64