Rasman: Joriy yildan SAT 1200 balldan yuqori olgan abituriyentlar imtihonsiz talaba boʻladi


Joriy yildan boshlab “Scholastic Aptitude Test — SAT” xalqaro imtihonida 1200 ball va undan yuqori ball olgan abituriyentlar imtihonsiz toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshimcha grant asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Bu haqda 25-fevral kuni Bilimni va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkazilgan anjumanda maʼlum qilindi.

SAT sertifikati asosida beriladigan imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan abituriyentlar oʻz sertifikatlarini DI kodi orqali Agentlikka yuborishlari talab etiladi.

— SAT imtihonlarida natijasi 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natijadagi sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilinadi — dedi agentlik departament boshligʻi Javlonbek Nurmatov.

Bunda sertifikat berilgan fan (matematika va ingliz tili fanlari) bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kirish imtihonlari fanlari majmuasi tarkibida mavjud boʻlgan barcha yoʻnalishlar qabul qilinadi.