Buxoroda 6-sinf o‘quvchilari til sertifikatlarini qo‘lga kiritdi
Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 8-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Mushtariybegim Rustamova ingliz tilini bilish darajasini baholovchi B2 milliy sertifikatiga ega bo‘ldi.
U CEFR test sinovi bo‘limlarida quyidagi natijalarni qayd etdi:
-
Listening (tinglab tushunish): 75
-
Reading (o‘qish): 60
-
Writing (yozish): 59
-
Speaking (gapirish): 51
Shuningdek, Buxoro tumanidagi 3-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Shaxnozabonu Boboniyozova koreys tilidan til bilish darajasini aniqlovchi xalqaro TOPIK I sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, TOPIK (Test of Proficiency in Korean) — koreys tili ona tili bo‘lmagan shaxslarning koreys tilida ifoda etish va tushunish qobiliyatini aniqlashga mo‘ljallangan yozma imtihon hisoblanadi.
TOPIK imtihoni koreys tilida o‘qish, yozish, gapirish va tinglab tushunish ko‘nikmalarini baholaydi. Test 3 ta darajadan iborat:
-
boshlang‘ich (Beginner)
-
o‘rta (Intermediate)
-
yuqori (Advanced)
Har bir daraja 2 bosqichga bo‘linadi va yakunda til bilish darajasi 6 ta grade orqali baholanadi.