AOKAdagi matbuot anjumanida Davlat xizmatlari agentligi bo‘lim boshlig‘i Abror Maqsudov ushbu masalani quyidagicha izohladi:
«Imtihon topshirish xarajati quyidagi talablarga javob berganda kompensatsiya qilinadi:
- sinovlarning biri yoki bir nechtasi bo‘yicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi uchun to‘planishi lozim bo‘lgan yuqori ball (daraja)ning minimal ko‘rsatkichi yoki undan yuqori natija qayd etilganda;
- maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun o‘tmasdan kompensatsiya to‘lashni so‘rab murojaat qilganda;
- maxsus sertifikatda ko‘rsatilgan imtihon natijasining haqiqiyligi va to‘g‘riligi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlanganda.
SMS-xabar orqali ijobiy javob olganidan so‘ng, ariza beruvchi kompensatsiyani olish uchun o‘zi tanlagan Xalq bankining filialiga murojaat etishi kerak».