Virtual imtihon qanday topshiriladi?


Abt.uz saytida Virtual Imtihon topshirish uchun avvalambor bu saytda ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lishingiz kerak. Agar avval ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lsangiz "Kirish" sahifasiga o‘ting va telefon raqamingiz bilan kalit so‘zni kiriting:

Kiritilgan ma'lumotlar to‘g‘ri bo‘sa Siz saytda avtorizatsiya qilinasiz:

Ro‘yhatdan o‘tish

Agar avval ro‘yhatdan o‘tmagan bo‘lsangiz birinchi navbatda "Foydalanish shartlari" bilan tanishib chiqing. Yangi ro‘yhatdan o‘tish uchun esa "Ro‘yhatdan o‘tish" sahifasiga kiring:

Ushbu sahifada ism-sharifingiz, telefon raqamingiz (operator kodi bilan), kirish uchun kalit so‘z (parol, ya'ni ixtiyoriy tanlanadigan so‘z) kabilarni to‘ldiring. Mutaxassislikni tanlang, "Foydalanish shartlari" ga rozilik bildirish tugmasini belgilang va "Ro‘yhatdan o‘tish" tugmasini bosing. 

Agar malumotlar behato to‘ldirilgan bo‘lsa abt.uz saytida Sizning shaxsiy profilingiz yaratiladi va avtorizatsiya qilinasiz. Ro‘yhatdan o‘tish jarayonida kiritilgan telefon raqam va kalit so‘z keyinchalik boshqa kompyuterlar (yoki telefonlar) orqali kirish uchun ishlatiladi va yodingizda saqlab qoling. 

Saytga login/parol terish orqali kirgan bo‘lsangiz yoki yangi ro‘yhatdan o‘tganingizdan keyin yuqori menyu quyidagi holatga o‘tadi, demak, Siz saytda avtorizatsiya qilindingiz: 


Shaxsiy profil malumotlarini o‘zgaritirish uchun "Mening profilim" sahifasidagi "Sozlamalar" bo‘limiga o‘ting, kerakli ma'lumotlarni o‘zgartirgan holda "Saqlash" tugmasini bosing. 

Virtual imtihon topshirish

Virtual imtihon topshirish pullik xizmat bo‘lib bir marta topshirish uchun ABT.uz saytida yaratilgan shaxsiy profilingiz balansidan 5000 so‘m sarf etiladi (unutmang, telefon raqamingiz balansidan emas!). Shaxsiy profil balansini qanday to‘ldirish haqida ushbu maqolani o‘qib tanishib chiqing:

Balans qanday to‘ldiriladi?

Virtual imtihon topshirishda ro‘yhatdan o‘tish jarayonida siz tanlagan yo‘nalishdan birini tanlaysiz va tanlangan mutaxassislik bo‘yicha 3 ta fandan 36 talik testlardan iborat umumiy 108 ta test savollaridan iborat tasodifiy variant taqdim etiladi. Siz bu variantni 3 soat mobaynida belgilab chiqasiz:

Imtihonni yakunlash uchun "Yakunlash" tugmasini bosasiz. Shu ondayoq natijalar hisoblanadi va qaysi fandan nechta to‘g‘ri javob berilganligi va umumiy natijalar ball hamda foiz hisobida ko‘rsatiladi:

Shuni eslatib o‘tamizki, virtual imtihon topshirishda bir marta sotib olingan 108 talik variantni qaytadan topshirish bepul. Uni istalgancha bepul topshirish mumkin, buning uchun "Qayta imtihon" sahifasiga kiring va topshirilgan imtihon qatorini bosing. Topshirilgan virtual imtihon natijalari aks etgan oynada "Qayta topshirish" degan tugmani bosing: