Vazirlik tizimidagi OTMga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish bali 66.1 ball etib belgilandi


DIQQAT EʼLON !!!

Vazirlik tizimidagi OTMga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish bali 66.1 ball etib belgilandi

2021/2022 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha 2020/2021 o‘quv yili uchun tasdiqlangan fanlar majmuasiga muvofiq 2 ta fandan o‘tkaziladigan maxsus sinovlar (test, kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga ko‘ra o‘tish bali to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 35 foizi (66,1ball) etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 2021/2022 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar natijasiga ko‘ra to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.