Toshkentdagi Puchon universitetiga 2020-2021 o‘quv yili uchun 1-qabul davom etmoqda!


Toshkentdagi Puchon universitetiga 2020-2021 o‘quv yili uchun 1-qabul davom etmoqda!

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2 mart – 29 may

Diqqat! Universitetning ichki qoidasiga muvofiq, Koreya Respublikasining fuqarosi bo‘lgan abiturientlardan hujjatlar qabul qilinmaydi (ushbu qoida, shungdek ota-onasi Koreya Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan abiturientlarga ham tegishli)

2020-2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari:

1. Maktabgacha ta‘lim (kunduzgi bo‘lim). Umumiy qabul kvotasi - 120 ta, shundan o‘zbek guruhiga - 75 ta, yevro guruhga - 45 ta.

2. Maktabgacha ta‘lim (kechki bo‘lim). Umumiy qabul kvotasi - 75 ta, shundan o‘zbek guruhiga - 60 ta, yevro guruhga - 15 ta.

3. Arxitektura. Umumiy qabul kvotasi - 60 ta, shundan o‘zbek guruhiga - 30 ta, yevro guruhga - 30 ta.

4. Koreys tili va menejment. Umumiy qabul kvotasi - 60 ta, shundan o‘zbek guruhiga - 30 ta, yevro guruhga - 30 ta.


Kerakli hujjatlar:

  • Onlayn ariza
  • Pasport nusxasi
  • Rasmlar 3x4 - 4 dona
  • Ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov - 250 000 so‘m (kvitansiya 29-maygacha qabul qilinadi)

Hujjatlarni topshirish tartibi

1. Universitetning veb-sayti orqali arizani to‘ldirish;

2. Qabul komissiyasiga hujjatlarni to‘liq taqdim etish ( to‘liq bo‘lmagan hujjatlar qabul qilinmaydi);

3. Ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lovni amalga oshirish;

4. Ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi kvitansiyani olish;

Onlayn arizani to‘ldirish: 24 soat soat davomida. Onlayn arizalarni ko‘rib chiqib tahrir qilish dushanda-juma 10:00 – 17:00

Ariza berish tartibi

1. Universitet rasmiy saytidagi anketani to‘ldiring va kerakli hujjatlarni skanerlangan shaklda anketaga (PDF shaklda) joylashtiring

2. Anketa to‘g‘ri to‘ldirilganda, tizim avtomatik ravishda ro‘yxatga olish to‘lovni to‘lash uchun kvitansiyani shakllantiradi

3. Kvitansiyani chop eting va o‘zingizga eng yaqin joylashgan bank orqali to‘lovni amalga oshiring

4. To‘langanlik haqidagi kvitansiyani rasmga oling

5. Suratini @but_admission telegramiga yuboring

6. Universitet xodimlari barcha ma‘lumotlarni tekshiradilar

- Abituriyent telegram orqali ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida kvitansiyani oladi

Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar STIR (INN) va o‘rta ta‘lim muassasasi attestat nusxalarini taqdim etishlari shart.


Qabul komissiyasining manzili: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 17-daha, Qatortol 2 ko‘chasi,38A uy


Kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi va tafsilotlari

1. Test. «Maktabgacha ta‘lim», “Arxitektura" yo‘nalishlarida ingliz tili fanidan, «Koreys tili va Menejment» yo‘nalishida koreys tili fanidan imtihon bo‘ladi. Testlar Davlat test markazida tomonidan olinadi!

«Maktabgacha ta‘lim», “Arxitektura" yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarda ingliz bo‘yicha IELTS 5.5 va yuqori, CEFR B1 va yuqori sertifikatga ega bo‘lsa, «Koreys tili va menejment» yo‘nalishida o‘qish istagidagi abituriyentlarda TOPIK 3 va yuqori sertifikatga ega bo‘lsa, ushbu bosqich imtihonlaridan ozod qilinadi.

2. Suhbat imtihoni. Universitet o‘qituvchilari tomonidan abituriyent bilan psixologik suhbat amalga oshiriladi.

3. Imtihon natijalarni e‘lon qilish. Natijalar universitet veb-saytida e‘lon qilinadi.

4. Universitet bilan shartnoma tuzish. Universitetga qabul qilingan talabalarga universitet bilan ta‘lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun tegishli shartnoma tuzish uchun ikki haftalik muddat beriladi. Abituriyent tomonidan ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda, universitet talabgorni abituriyentlarni ro‘yxatidan o‘chirish huquqini o‘zida saqlab qoladi va kutish ro‘yxatiga muvofiq talabanoma beruvchi bilan ta‘lim xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risida shartnoma tuzish huquqiga ega.


To‘lov shartnoma narxlari

Maktabgacha ta‘lim yo‘nalishi (Kunduzgi va kechki bo‘lim) (3+1): shartnoma miqdori yiliga/2.200$ (qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarilgan kundagi O‘zR MB kursi bo‘yicha), Koreyada o‘qish- Koreya Respublikasidagi Puchon universiteti tarifiga muvofiq (Toshkentdagi Puchon universiteti talabalari uchun -30%).

Izoh. 3+1: O‘qishning 3 yili O‘zbekistonda, oxirgi kurs Koreyada amalga oshiriladi.


Koreys tili va Menejment (2 + 2): shartnoma miqdori- yiliga/3,300$ (qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan kundagi O‘zR MB kursi bo‘yicha), Koreyada o‘qish – Koreya Respublikasidagi Puchon universiteti tarifiga muvofiq (Toshkentdagi Puchon universiteti talabalari talabalari uchun -30%).

Izoh. 2+2: O‘qishning 2 yili O‘zbekistonda, 3 va 4 kurs Koreyada amalga oshiriladi.


Arxitektura (3 + 1): shartnoma miqdori- yiliga/3,300$ (qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan kundagi O‘zR MB kursi bo‘yicha), Koreyada o‘qish – Koreya Respublikasidagi Puchon universiteti tarifiga muvofiq (Toshkentdagi Puchon universiteti talabalari uchun -30%).

Izoh. 3+1: O‘qishning 3 yili O‘zbekistonda, oxirgi kurs Koreyada amalga oshiriladi.

Agar siz uchun barchasi tushunarli bo‘lsa, Toshkent shahridagi Puchon universitetiga onlayn ariza berish uchun quyidagi havolani bosing: ARIZA TOPSHIRISH