Toshkentdagi Puchon universiteti (Bucheon University in Tashkent, BUT) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi 3821-sonli Farmoniga asosan Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi va Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) tashabbusi bilan tashkil etilgan.
BUT, O‘zbekiston Respublikasidagi Bucheon universitetining filiali. Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) 1958 yil aprel oyida tashkil etilgan. Ayni paytda talabalar soni 8 ming kishidan oshadi. Koreya Respublikasida Pucheon universitetining ikkita ta‘lim maskani bor, ammo bu uning birinchi chet el filiali.
Pucheon universiteti (Koreya Respublikasi) da quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
- Gumanitar: boshqaruv fakulteti, mehmonxona boshqaruvi, maktabgacha ta‘lim va boshqalar.
- Tabiiy fanlar: oziq-ovqat, hamshiralik va boshqalar.
- Muhandislik: arxitektura fakulteti, ichki dizayn, AKT, axborot xavfsizligi va boshqalar.
- San‘at: Raqamli media dizayni fakulteti.
Ta‘limning asosiy maqsadlari:
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari bo‘yicha maktabgacha ta‘lim, arxitektura va dizayn sohasida, shuningdek, ta‘limning boshqa mashhur yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
• zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini tashkil etishda, ochiq axborot va ta‘lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashadigan maktabgacha ta‘lim, arxitektura, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajriba sohasidagi boshqa ommabop ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining mutaxassislarini tayyorlash tizimiga joriy etish;
• Mehnat bozorining mavjud muammolari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda maktabgacha ta‘lim, arxitektura va dizayn sohalarida, shuningdek, ta‘limning boshqa mashhur yo‘nalishlari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Respublikada maktabgacha ta‘lim, arxitektura, shuningdek, ta‘limning boshqa mashhur yo‘nalishlari uchun ta‘lim tizimini rivojlantirish, ilmiy va o‘quv muassasalari, boshqa korxona va tashkilotlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni o‘rnatish.
Hozirgi vaqtda ikkita fakultet mavjud: "Maktabgacha ta‘lim", "Koreys tili va menejmenti". 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab universitet arxitektura fakultetini ochadi.
O‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini inobatga olgan holda Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) o‘quv rejalari va standartlari asosida amalga oshiriladi.
O‘qituvchi va professorlar tarkibini Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) va O‘zbekiston Respublikasining eng yaxshi mutaxassislari tashkil etadi.
Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi
Fakultet 3 + 1 ta ta'lim tizimiga muvofiq ish olib boradi. Toshkent shahridagi Puchon universitetida (BUT) o‘qish davomiyligi 3 yil bo‘ib,shundan so‘ng BUTdan Bakalavr darajasiga ega diplomi, shuningdek, Pucheon Universitetining (Koreya Respublikasi) Associate Bachelor Degree diplomiga ega bo`ladi. BUTda o`qishini tugatgandan so‘ng, ushbu fakultetning talabalari Puchon universitetida (Koreya Respublikasi) bir yil mobaynida o‘qish uchun imkoniyatga ega. Bir yillik kursni tamomlagach talaba Puchon Universitetidan (Koreya Respublikasi) Bakalavr darajasini oladi.
Ta'limning maqsadi:
1. O‘qituvchilarni amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish.
2. Ilmlari vaqt talablariga javob beradigan ijodiy o‘qituvchilarni tayyorlash,
3. Keng ko‘lamli va insonparvarlik ruhida mutaxassislarni tayyorlash,
4. Har doim takomillashishga intilayotgan o‘qituvchilarga yetishtirish
5. Ta'lim sohasida mutaxassislari, jamiyat bilan faol muloqot bo`la oladigan qilib tarbiyalash.
Arxitektura yo‘nalishi
Arxitektura fakulteti - Bu BUT da yangi yo`nalish bo`lib, o`qish 2019 –yilning sentabr oyidan boshlanadi.
Fakultet zamonaviy arxitektura sohasidagi shaharsozlik, talabalar me'moriy yechimlarni ishlab chiqish, binolarni va inshootlarni rejalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni amalga oshiradi.
Fakultetda ikkita asosiy yo‘nalish mavjud: me'morchilik va qurilish.
Ta'lim tizimi: 3+1
Ta'limning asosiy maqsadlari:
O‘z ishiga individual va ijodiy yondashuvga ega mutaxassislarni tayyorlash.
Tez o‘zgaruvchan arxitektura dunyosiga moslashish qobiliyatini rivojlantirish.
Koreys tili va Menejment yo‘nalishi
Koreys tili va Menejment fakultetining ta`lim berishdagi asosiy maqsadi yuqori darajadagi nazariy bilimga va tajriba malakalariga ega mutahasislar tayyorlash, undan tashqari doimiy o`zgarishlarga ko`nika olish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
O‘quv jarayoni globallashuv jarayoni va jamiyatni axborotlashtirish jarayonlarini chuqur tahlil qilishga, global boshqaruv amaliyotlarini o‘rganishga, shuningdek, ushbu soha uchun zarur ko‘nikmalarni aniqlashga va ularni rivojlantirishga qaratilgan. Ikkita xorijiy tilni - Koreys va ingliz tillarini o‘rganish imkoniyati mavjud. Akademik ma'lumotlarga qo‘shimcha ravishda, talabalar ham jamoaviy ish qobiliyatlari, ijodkorlik, mas'uliyat hissi va halollikni rivojlantiradilar, bu jihatlarsiz o‘z sohalarida yuqori malakali mutaxassisni tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ta'lim tizimi: 2+2
Fakultetda 3 ta asosiy yo`nalish mavjud:
- Buxgalteriya/ soliq ucheti;
- Marketing;
- Menejment savdosi.