“Toshkent shahrida Federal davlat byudjet oliy taʼlim muassasasi “Sankt-Peterburg davlat universiteti" filialini tashkil etish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasida belgilanishicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligining taklifi va 2020 yil 13 martdagi 28-15-91-sonli kelishuvga asosan Toshkent shahrida Oliy taʼlim Federal davlat byudjet taʼlim muassasasi “Sankt-Peterburg davlat universiteti" (SPbDU) (Rossiya Federatsiyasi) filialini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Filial Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Toshkent shahri, Mirobod tumani, M.Oybek ko‘chasi, 16-A-uy manzilida joylashgan binosiga joylashtiriladi.
Filialning davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari besh yil muddatdan kam bo‘lmagan keyingi majburiy ishlab berish uchun respublika muassasalariga ishga taqsimlanadi.
Toshkent shahrida Federal davlat byudjet oliy taʼlim muassasasining “Sankt-Peterburg davlat universiteti" (SPbDU) filialida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha taʼlimning asosiy yo‘nalishlari (mutaxassisliklari)
1. Filologiya (sharq tillari bo‘yicha)
2. Mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti (sharq mamlakatlari bo‘yicha)
3. Biotibbiyot (kimyo, biologiya, fizika, psixologiya va boshqalar.)
Izoh. Taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxatiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining Oliy taʼlim Federal davlat byudjet taʼlim muassasasi “Sankt-Peterburg davlat universiteti" (SPbDU) bilan kelishuvi asosida kadrlar ehtiyojini hisobga olgan holda o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.