Toshkentda Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetining huquqshunoslikka ixtisoslashgan filiali ochilishi mumkin


O‘zbekistonda Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetining huquqshunoslikka ixtisoslashgan filiali ochilishi mumkin. University of Law vakillari bilan O‘zbekistonda ta’limni yo‘lga qo‘yish haqida anglashuv memorandumi imzolanganini adliya vaziri Ruslanbek Davletov BBC O‘zbek xizmati bilan suhbatda aytgan, deb yozmoqda minbar.uz.

University of Law Birlashgan qirollikda huquqshunoslikka ixtisoslashgan eng katta, xususiy universitet hisoblanadi. 2018-yildan beri universitetni sobiq Buyuk Britaniya Oliy sudining raisi David Noyberger boshqaradi.

Ruslanbek Davletov rahbarligidagi hukumat delegatsiyasi shu kunlarda Londonda bo‘ldi. Hukumat vakillari Britaniya oliy o‘quv yurtlari bilan O‘zbekistonda ta’limni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qilganlar.

Vazir shuningdek O‘zbekistondagi korrupsiyaga qarshi kurash, sobiq mansabdorlar ustidan mahkama jarayonlarini yopiq o‘tkazishga qaror qilingani naqadar asosli ekani, Toshkent propiskasi haqidagi savollarga ham javob berdi.