Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-24-noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifiga bagʻishlab oʻtkazilgan Koreya-Oʻzbek “Biznes-Forum"i doirasida, Koreyalik va Oʻzbekistonlik hamkorlar oʻrtasida Toshkent shahrida Yodju texnika institutini tashkil qilish haqida Memorandum imzolangan.

Imzolangan Memorandumga asosan 2018-yil 24-iyul sanasida Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan davlat litsenziyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi muassasa maqomiga ega boʻldi.

Toshkent shahrida Yodju texnika institutining tashkil etilishi Respublikamizda yangi ish oʻrinlar yaratilishi bilan bir qatorda, taʼlim sektorida sogʻlom raqobat muhitining paydo boʻlishi, yoshlarning oʻzlari hohlagan va innovatsion yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim olishi, taʼlim va sanoatning chambarchas bogʻlanishi, taʼlim va kadrlar sifatini oshishi, davlat byudjetiga tushumlarni koʻpayishi va byudjetdan qoplanadigan sarf xarajatlarni kamayishi va taʼlimga oid boshqa masalalarning ijobiy yechimiga olib keladi.

Institutda kimlar oʻqishi mumkin:Yurtimizda yoki chet elda maktab, litsey yoki kollejni muvaffaqiyatli bitirgan yoshlar.

Ingliz tilini bilish darajasi qanday boʻlishi kerak: IELTS: kamida 5.5 ballga ega boʻlgan abituriyentlar ingliz tilidan test topshirmaydi.


Hozirgi kunda institutda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta'lim berilmoqda:

  1. Arxitektura va shaharsozlik
  2. Qurilish 
  3. Muqobil energiya 
  4. Turizm 
  5. Biznesni boshqarish 
  6. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
  7. Xalqaro marketing 
  8. Boshlang‘ich taʼlim 
  9. Maktabgacha taʼlim 
  10. Koreys tili filologiyasi 
  11. Liboslar dizayni 
  12. Chiroy estetikasi 
  13. Buxgalteriya 
  14. Bank ishi 
  15. Moliya 
  16. Ingliz tili taʼlimi 
  17. Axborot tizimlar muhandisligi 
  18. Lift muhandisligi

Hujjatlarni qabul qilish onlayn shaklida 15.04.2020-yildan 31.07.2020-yilgacha davom etadi.

Hujjat topshirish shartlari

  • Yeoju web-sahifasi orqali on-layn roʻyxatdan oʻtish
  • Quyidagi hujjatlarni skanerdan oʻtkazib, PNG yoki JPEG shaklida taqdim etish:
  • IELTS sertifikati (talablar yuqorida keltirilgan).
  • Pasport nusxasi
  • Diplom maktab/litsey/kollejni tamomlaganligi haqidagi hujjat.
  • Rasm – 3.5×4.5sm (rasmga tushgan muddati 3 oydan oshmagan boʻlishi lozim).

 (zarur hujjatlarning birontasi topshirilmagan taqdirda, hujjatlar qabul qilinmaydi):

Hujjatlar quyida saytda onlayn ravishda topshiriladi: http://admission.ytit.uz/site/login

2020/2021 o‘quv yilgi ta'lim yoʻnalishlari