Toshkent shahridagi Inha universiteti


Toshkent shahridagi Inha universitetining asosiy vazifasi jamiyat va millat taraqqiyoti uchun, yurtimizda AT sohasining rivoji uchun o‘z hissasini qo‘sha oladigan, yuqori malakali, har tomonlama barkamol mutaxassislarni yetkazib berishdan iborat. IUT oldiga qo‘ygan ustuvor vazifani oqlash maqsadida bakalavriat va magistrlik yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga xalqaro standartlar asosida ilm olishga imkoniyat beradi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) 2014 yilda tashkil etilgan. Universitet Koreya Respublikasidagi INHA universiteti bilan hamkorligida asos solingan bo‘lib,bugunga kelib 1500 dan ortiq talabalar universitetning ikki asosiy yo‘nalishlari bo‘icha tahsil olmoqdalar. 

Toshkent shahridagi Inha universiteti 10 nafar faol va iqtidorli talabalarga Koreyadagi Inha universitetining yozgi maktabida bepul o‘qish imkoniyatini beradi. Har yili eng yaxshi ishlanmalar tanlov asosida tanlanadi - bu asl va amaliy mahsulotlar yoki Toshkent shahridagi Inha universitetining rivojlanishiga qaratilgan loyihalar bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi loyihalarni yaratuvchilar yozgi maktabga ruxsatnoma oladilar, u erda talabalar "Koreys tili", "Sharqiy Osiyoning siyosati va xalqaro aloqalari", "Koreya va uning madaniyati", "Koreyadagi iqtisodiyot va biznes", "Yangi texnologiyalar" kabi kurslarda amaliyot o‘taydilar

Toshkent shahridagi Inha Universitetining 2020-2021 yili uchun kirish imtihonlariga yo‘llanma

2020-2021 o‘quv yili uchun qabul kvotasi


E‘tibor bering, SOCIE fakultetiga qabul qilingan talabalar Universitet o‘quv dasturining birinchi yili yakunida ikkita fakultetdan biriga (CSE va ICE) bo‘linadi.

Universitetgacha tayyorgarlik kurs talabalari yakuniy imtihon natijalariga ko‘ra SOCIE fakultetiga 116 talaba (290 dan 40%gacha) va SOL fakultetiga jami 48 ta talaba (120% dan 40% gacha) qabul qilinadi.

Inha universiteti kirish kvotasi to‘liq to‘ldirilmasligi quyidagi sabablar asos mavjud bo‘ladi: 

- talabalarning kirish imtihonidagi ballari (IUT kirish imtihonlari) belgilangan o‘tish balidan past bo‘lsa; 

- Universitetgacha bo‘lgan yakuniy imtihon (Universitetgacha bo‘lgan tayyorlov kurs talabalari), belgilangan o‘tish balidan past bo‘lsa;

- yoki hujjatlarni ko‘rib chiqish bahosi (Xalqaro talabalar maxsus qabuli) belgilangan o‘tish balidan past bo‘lsa;


2020-2021 yilga qabul qilish qoidalari

Mahalliy va xorijiy litsey, kollej yoki o‘rta maktabni bitiruvchilar yoki hozirda tahsil olayotgan talabalar. Koreys pasportiga ega bo‘lgan talabalar universitetda yakuniy imtihon topshirish huquqiga ega emaslar.Ikkita fuqarolikka ega bo‘lgan nomzodlar xorijiy talaba hisoblanadi.

Kirish imtihonlarini topshirgan talabalar ingliz tilini bilish talablariga javob berishlari shart.


1-kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar 5- Avgust sanasiga qadar IELTS va TOEFL iBT sertifikatlarini topshirishlari,6- Avgust 2018 yil oralig‘ida, 2020 yil 5- Avgust qadar ro‘yxatdan o‘tib 19- iyuniga qadar to‘lovni amalga oshirishlari shart. Eʼtibor bering, arizalarni qabul qilish muddati uzaytirilmaydi.

2-kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar IELTS yoki TOEFL iBT sertifikatini 5- Avgust dan oldin topshirishlari kerak.

6- Avgust 2018 dan, 5- Avgust 2020 oralig‘ida, shu shart bilan ki agarda ular 2020 yil 10- iyulga qadar ro‘yxatdan o‘tib shartnoma pulini to‘lasalar. Eʼtibor bering, arizalarni qabul qilish muddati uzaytirilmaydi. 

3-kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabalar IELTS yoki TOEFL iBT sertifikatini 5 avgustga (chorshanba) qadar topshirishi kerak, 2018 yil 6 avgustdan 2020 yil 5 avgust oralig‘ida berilgan bo‘lishi kerak. Eʼtibor bering, arizalarni qabul qilish muddati uzaytirilmaydi.

Universitetgacha bo‘lgan tayyorlov kurs bitiruvchilarni imtihonga qabul qilish

Universitetga tayyorgarlik kurslarida taʼlim olgan talabalar quyida keltirilgan barcha talablarga javob bergan holda Imtihonga ariza topshirishlari mumkin. 

Agarda Universitetgacha bo‘lgan tayyorlov kurs talabalari barcha uchta semestr dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lsalar. 

Mahalliy va xorijiy litsey, kollej yoki o‘rta maktabni bitiruvchilar yoki hozirda tahsil olayotgan talabalar. Koreys pasportiga ega bo‘lgan talabalar universitetda yakuniy imtihon topshirish huquqiga ega emaslar.Ikkita fuqarolikka ega bo‘lgan nomzodlar xorijiy talaba hisoblanadi. 

Universitetgacha bo‘lgan taʼlim markazi talabalari yakuniy imtihondan oldin ingliz tili sertifikatlarini topshirishlari shart.

Yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan Universitet uzluksiz taʼlim markaz talabalari IELTS va TOEFL iBT sertifikatlarini 5- Avgust qadar topshirishlari shart, 2018 yil 5- Avgustdan 2020 yil,5- Avgust oralig‘ida berilgan, shu shart bilanki agarda ular 2020 yil 10- iyulga qadar ro‘yxatdan o‘tib shartnoma pulini to‘lasalar. Eʼtibor bering, arizalarni qabul qilish muddati uzaytirilmaydi.

2020-2021 yillarga qabul jarayoni

IUT kirish imtihonlari kvota to‘lmagunga qadar uch marotaba o‘tkaziladi. 

Nomzodlar bir vaqtning o‘zida ikki fakultetga hujjat topshirish huquqiga ega emaslar. 

Shartnoma asosida (SOSIE va SOL) imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar berilgan sanagacha ro‘yxatdan otishlari shart va qayta shartnoma asosida imtihondan o‘tish huquqiga ega emaslar. 
SOSIE fakultetiga shartnoma va grant asosida imtihonlar bo‘lib o‘tadi. 2020-2021 o‘quv yili uchun 290 ta talaba shartnoma asosida va 10 ta talaba grant asosida qabul qilinadi. 
Kirish imtihonida OMR javob varaqalari tarqatiladi. 

Imtihon turlari: Yozma ravishda, savollardan iborat bo‘lgan barcha fanlarni o‘z ichiga to‘plagan.

Imtihon fanlari:

SOSIE: Shartnoma asosida: Matematika (60 min, 20 ta savol)

Grant asosida: Matematika and Fizika ( jami 100 min , har bir fan uchun 20 ta savoldan iborat) 

SOL: Shartnoma asosida: Matematika (60 min, 20 ta savol)

SOSIE va SOL uchun matematikadan imtihon savollari bir-biridan farqli.
Imtihonlarda noto‘g‘ri javoblar uchun jazo choralari yo‘q.
Imtihon ballari va saralash jarayoni:


(1) 1-Kirish imtihoni (Faqat shartnoma asosida)

1- kirish imtihonlari uchun hujjatlar 9- mart (dushanba) 2020 yilidan boshlab qabul qilinadi.

1-kirish imtihoni uchun hujjatlarni qabul qilish oxirgi muddati - 2020 yil 10- Aprel (juma) soat 17:00 qadar.

Shartnoma asosida topshirgan nomzodlar bir vaqtning o‘zida ikki fakultetga yaʼni SOSIE yoki SOL topshirish huquqiga ega emaslar.

Universitet qoshidagi tayyorlov kurs talabalari 1-kirish imtihonida qatnashish huquqiga ega.

Birinchi kirish imtihonini topshirish uchun barcha nomzodlar 200 ming so‘m miqdorida to‘lov to‘lashlari shart.

Sana: 2020 yil,20- May (Chorshanba) 17:00 ga qadar.

Vaqt:Universitet vebsayt orqali eʼlon qilinadi.

Imtihon sanasi va vaqti

SOSIE fakultetiSana: 2020 yil, 31-May (Yakshanba).

Vaqt: Universitet vebsayt orqali eʼlon qilinadi.

SOL fakulteti

Sana: 2020 yil,31-May (Yakshanba).

Vaqt: Universitet vebsayt orqali eʼlon qilinadi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar 2020 yil 5- Iyun (Juma), Universitet vebsayt orqali eʼlon qilinadi.

Muvaffaqiyatli nomzodlar uchun ro‘yxatdan o‘tish 2020yil 5-Iyun (Juma) kundan boshlanadi.

Muvaffaqiyatli nomzodlar 19- Iyun (Juma) soat 17:00 qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozim,aks holda nomzod muvaffaqiyati tan olinmaydi va bekor qilinadi.

(2) 2- Kirish imtihoni (SOSIE fakultetiga shartnoma va Grant asoslarida va SOL shartnoma asosida)

2-Kirish imtihoni 2020 yil 4- May kuni bo‘lib o‘tadi.

2-kirish imtihoniga topshirish muddati - 2020 yil 10 iyun (Chorshanba) soat 17.00 qadar bo‘lib o‘tadi. 

SOL (Logistika fakulteti) ga kirish imtihonlari faqatgina shartnoma asosida bo‘lib o‘tadi.

SOSIE fakultetiga shartnoma asosida hujjat topshirgan nomzodlar grant asosida qabul qilinmaydi bir vaqt o‘zida ikki variant qo‘llash mumkin emas.

Nomzodlar bir vaqtning o‘zida ikki yaʼni SOSIE va SOL fakultetiga hujjat topshirish huquqiga ega emaslar.

Universitet qoshidagi tayyorlov kurs talabalari 2-kirish imtihonida qatnashish huquqiga ega

SOSIE fakultetining 1-imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar grant asosida SOSIE fakultetning 2-imtihoniga kirish huquqiga ega bo‘ladilar.

Ikkinchi kirish imtihonini topshirish uchun barcha nomzodlar 2020 yil, 12 iyun,17:00 qadar, 200 ming so‘m miqdorida to‘lov to‘lashlari shart.

SOSIE fakultetining grant asosida 2-kirish imtihonidan o‘ta olmagan nomzodlar diqqatiga shartnoma asosida 1chi kirish imtihonidan olingan natijalar o‘z kuchini yo‘qotmaydi va 1-kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar 2020 yil 19- Iyun 17:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari shart.


Imtihonlar haqidagi batafsil ma'lumotni quyidagi sahifadan olishingiz mumkin: BATAFSIL