Test topshiriqlari soni va baholash mezonlari e’lon qilindi


Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlangan. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan bo‘yicha:

  • Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

  • Matematika - 10 ta savol

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

  • O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan bo‘yicha:

  • 1-fan - 30 ta savol

Har biri uchun 3,1 balldan.

Maksimal ball – 93 ball.

  • 2-fan - 30 ta savol

Har biri uchun 2,1 balldan.

Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.