Xabaringiz bor, oliy ta’limga kirish va o‘qishni ko‘chirish test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning 50 foizi miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.
Yaqinda BHM oshirilishi e’lon qilindi. Ba’zi manbaalar BHM miqdori oshgani uchun OTMga qabul uchun to‘lov narxi ham 206 ming so‘mga chiqqani haqida xabar bermoqda. Lekin, bu yangi miqdor 1-avgustdan boshlab kuchga kiradi.
Bu nimani anglatadi? Abituriyentlar test uchun to‘lovni eski narxda – (187 500 so‘m) amalga oshirishlari mumkin.
Qisqasi, test uchun to‘lov oshmaydi, ammo 1-avgustdan keyin BHM asosidagi to‘lovlar ko‘tariladi.
Eslatma: quyidagi abituriyentlar to‘lovdan ozod etilgan:
- o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- mehribonlik uylari bolalari;
- bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
- “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.
Shu sababli @uzabt jamoasi siz abituriyentlarga ishonchsiz manbalarga ishonmaslikni maslahat beradi.