TATUda O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti tashkil etiladi


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarkibida O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakultetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Qarorga muvofiq, 2019-2020 o‘quv yilidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti ochiladi.

Fakultetning asosiy vazifasi respublika iqtisodiyotining real sektori tarmoqlari uchun axborot texnologiyalarini dasturiy ta’minlash, mobil tizimlarni dasturlash, sun’iy intellekt sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi.

Fakultetda talabalar to‘lov-kontrakt asosida rus tilida o‘qitiladi.

Fakultet bitiruvchilariga ikki tomonlama tan olinadigan hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti diplomlari beriladi.

Manba: xabar.uz