TATU Yaponiya universiteti bilan hamkorlik qiladi


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Kyushu universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha memorandum imzolanadi, deb xabar berdi universiteti matbuot xizmati.

Bu haqda Kyushu universiteti vakili professori Tetsuya Kusudaning TATUga tashrifi davomida kelishib olindi.

Universitetlar sun’iy ong, robototexnika, virtual reallik va shunga o‘xshash zamonaviy ta’lim yo‘nalishlarida o‘quv rejalar va o‘quv dasturlarni hamkorlikda shakllantiradi.

Shuningdek, oliygohlar professor o‘qituvchilarning almashinuv dasturini joriy etadi hamda Kyushu universitetidan professorlar TATUga jalb qilinadi.