Ta’lim tashkilotlarida darslar qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi


Ta’lim tashkilotlarida dars jarayonlari 5-sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar 4 kun dam olishi belgilangan:

1-sentyabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);

2-sentyabr — juma (ish haftasi turidan qat’iy nazar qo‘shimcha dam olish kuni);

3-sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

4-sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).

5-sentyabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2022-2023 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.