Vazirlar Mahkamasining 7-noyabrdagi qarori bilan O‘zbekiston oliy ta’lim dargohlariga imtiyozli kirish tartibi o‘zgartirildi.
Hujjatga ko‘ra, imtiyozlar xalqaro tanlovlar va musobaqalarda individual yoki kollektiv shaklda 1–3-o‘rinlarni olganlarga taqdim etiladi. Ilgari 1–5-o‘rinlarga imtiyozlar berilar edi.
Kollektiv g‘alaba qozongan jamoalarning uch nafar vakili imtihonsiz qabul qilinadi. Bu tartib o‘zgarishsiz qoldi.
Bundan tashqari, hujjatda kurash bo‘yicha musobaqalar g‘oliblari OTMlarga imtiyozli kirishi va pul mukofoti olishi belgilandi.
Xususan, imtiyoz tartibi sportning olimpiya turlari, shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalar g‘oliblari uchun ham saqlanadi.
Nihoyat, imtihonsiz OTMga kirish imkonini beradigan individual va kollektiv shakldagi musobaqalar tartibi tasdiqlandi. Bular:
- Olimpiya va Osiyo o‘yinlari;
- Osiyo va jahon chempionatlari.
Manba: daryo.uz