Ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Prezident qarorining loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.
Hozirgi vaqtda nostrifikatsiyalash Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq amalga oshirilmoqda. Uning taomilini soddalashtirish taklif qilinayotir.
Birinchidan, ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni maxsus sinovlarsiz (yoki soddalashtirilgan tartibda) tan olish amaliyotini kengaytirish tashabbusi bilan chiqildi.
Quyidagilar uchun sinovlarni bekor qilish taklif qilinmoqda: |
Amaldagi norma |
ta’limning navbatdagi bosqichida o‘qishni davom ettirish niyatida bo‘lgan fuqarolar; |
Ta’limning navbatdagi bosqichida o‘qishni davom ettirish niyatida bo‘lgan fuqarolar ekspert komissiyasining tegishli tavsiyasi olingandan keyin maxsus sinovlardan o‘tadilar |
yetakchi jahon agentliklari reytingiga asosan jahonning eng yaxshi 1000 ta oliy ta’lim muassasalari jumlasiga kiradigan xorijiy OTMning diplomlariga ega bo‘lganlar; |
Yetakchi jahon agentliklari reytingiga asosan jahonning eng yaxshi 500 ta oliy ta’lim muassasalari jumlasiga kiradigan xorijiy OTM bitiruvchilari diplomlari sinovlarsiz nostrifikatsiyalanadi. |
1992 yil 1 yanvarga qadar xorijiy OTMga o‘qishga kirgan fuqarolar; |
Reglamentlanmaydi. Amaldagi nizom faqat 1992 yildan keyin berilgan ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarga tatbiq etiladi. |
akkreditatsiya qilingan yoki litsenziya asosida O‘zbekiston hududida faoliyat yuritadigan xorijiy davlatlarning bosh oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan fuqarolar. |
Maxsus sinovlar o‘tkazilmaydi (yoki soddalashtirilgan tartibda o‘tkaziladi), basharti bu O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Prezidentning hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va bayonnomalarida nazarda tutilgan bo‘lsa. |
Ikkinchidan, diplomlarni nostrifikatsiyalash uchun arizalar va hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish mexanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda. Ilgari xabar berilganidek, bunday servis Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy saytida ishga tushirilgan, biroq ayni paytda havola ishlamayapti.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.