O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaroriga ko‘ra 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Bunda, ta'limning sirtqi, kechki shakllarida va ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tahsil oladigan talabalar yoki xorijiy davlatlar fuqarolari nazarda tutilmagan.