Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma haqidagi ayrim savol-javoblar
Savol: Nima uchun onlayn ariza topshirishda faqat ijtimoiy daftarlarda bo‘lish talab etilmoqda?
Shu haqida ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Nizomda ko‘rsatilgan bir yoki bir nechta toifaga to‘g‘ri kelsa ham, daftarlardan birontasida ro‘yxatda turishini tanlamasa, arizani yuborib bo‘lmayotgan ekan. Lekin tavsyanoma olish uchun albatta ijtimoiy daftarda turishi shart degan qoida mavjud emas.Masalan, murojaatchilardan biri o‘tgan yili daftarda turmasa ham, toifalardan biriga to‘g‘ri kelgani sababli tavsiyanoma olganini, lekin bu yil yana qayta tavsiyanoma olaman deganda hatto ariza yuborish imkoni ham yo‘qligini aytmoqda.Bu masalaga Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi izoh bersa yaxshi bo‘lar edi.