Samarqandda «Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti» filiali ochiladi


8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Samarqand shahrida «Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti» federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda «Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti» federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining Samarqand shahrida «Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti» federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Filialda ta’lim Rossiya Federatsiyasi federal ta’lim standartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda universitet tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va ta’lim dasturlari asosida rus tilida amalga oshiriladi;

abituriyentlar qabuli va filial bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Manba: xabar.uz