Rossiya yadro tadqiqotlari universiteti magistraturasida o‘qish uchun O‘zbekistonga ajratilgan kvotalar ikki baravar ko‘paydi


2019/2020-o‘quv yilidan boshlab “MIFI" milliy yadro tadqiqotlari universiteti (MMFI MTYaU) magistraturasida o‘qish uchun O‘zbekistonga ajratiladigan kvotalar ikki baravar ortadi va 30 o‘rinni tashkil etadi. Bu haqda “O‘zatom" agentligi matbuot xizmatiga tayanib, “Xalq so‘zi" xabar berdi.

Shu munosabat bilan hozirgi paytda bakalavriatning 4 bosqich talabalari yoki fizika, energetika va issiqlik texnikasi sohasida bakalavriatni tamomlangan mutaxassislar orasidan nomzodlarni tanlash amalga oshirilmoqda. Talabalar bilimlarni yaxshi o‘zlashtirishi va rus tilini bilishi zarur.

Magistraturada “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi" va “Yadro fizikasi va texnologiyalari" yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish maqsadida tanlovda ishtirok etish uchun “Rossotrudnichestvo"ning rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Arizalar 2019-yil 15-yanvargacha qabul qilingan. “O‘zatom" agentligi va “Rossotrudnichestvo" tashabbusiga ko‘ra arizalarni qabul qilish muddati 2019-yil 20-fevralgacha uzaytirildi.

Universitet bitiruvchilari O‘zbekiston atom energetikasi sohasida kafolatli va malakali ish bilan ta’minlanadi.