Rossiya OTMlarining Toshkentdagi filiallarida qabul kvotalari belgilandi


2017/2018 o‘quv yilida Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali 235 talabani, Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining Toshkentdagi filiali — 100 bakalavr va 20 nafar magistrni o‘qishga qabul qiladi.

Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filialining:

  • «Korxonalar va tashkilotlar iqtisodiyoti» fakulteti — 25 nafar,
  • «Gaz qazish, gaz-kondensat va yerosti omborlari obyektlari ekspluatatsiyasi va xizmat ko‘rsatish»,
  • «Geologik razvedka texnologiyasi»,
  • «Neft obyektlari ekspluatatsiyasi va xizmat ko‘rsatish» va boshqa barcha fakultetlari 35 nafardan talaba qabul qiladi.

MDUning Toshkentdagi filiali esa «Amaliy matematika va informatika» hamda «Psixologiya» fakultetlariga 50 nafardan va magistraturaga — 20 nafar (har ikki fakultetdan 10 nafardan) talaba qabul qilinadi.

Qabul kvotalari Vazirlar Mahkamasining 26 va 31 maydagi qarorlarida belgilangan. Xujjatning Lex.uz dagi manzili: http://lex.uz/ru/law_collection/?id=3248